Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda 9 oyda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 204,0 milliard so‘mni tashkil etdi

Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 204,0 milliard so‘mni yoki 2018 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,9 foizni tashkil qildi.

O‘zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari asosan korxonalarning o‘z mablag‘lari (jami investitsiyalar hajmiga nisbatan 21,1%), tijorat banklari kreditlari (18,9%) hisobiga to‘g‘ri keldi.
Ushbu davrda asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar bo‘yicha 44,1 milliard so‘m o‘zlashtirildi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.