Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nuroboddagi “Abu Prim” fermer xo‘jaligi paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi

Nurobod tumanidagi “Amir Temur” muqobil mashina traktor parki hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Abu Prim” fermer xo‘jaligi paxta hosili uchun belgilangan shartnomaviy rejasini bajardi.

Xususan, Primov Nurillo rahbarlik qilayotgan xo‘jalik a’zolari  2019 yil paxta hosili uchun belgilangan shartnomaviy rejasini 101,7 foizga bajarib, 46,8 tonna paxta hosili topshirdi.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Nurobod tumani hokimi F.Zoirov tomonidan fermer xo‘jaligi boshlig‘i N.Primovga paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajarganligi munosabati bilan tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.