Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi o‘g‘irlikda ayblanmoqda

Nyu-York politsiya xizmatchisi, asli buxorolik Sadoqat Maqsudova 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan do‘kondan chiqib ketayotganida qo‘lga olingani aytilmoqda. Nyu-York politsiyasi unga nisbatan ayblov ilgari surilgani va vaqtincha ishdan chetlatilganini tasdiqladi. Maqsudovaning o‘zi o‘g‘irlik qilganini rad qilmoqda.

New York Post nashrining yozishicha, Sadoqat Maqsudova 15 avgust kuni Staten Island savdo majmuasidan qimmatbaho kiyimlarning pulini to‘lamasdan chiqib ketayotganida ushlangan.

«U pulini to‘lamasdan do‘kondan chiqib ketishga harakat qilayotganida mahsulotlarning yo‘qolishini oldini oluvchi xodim tomonidan to‘xtatilgan. Uning sumkasidan 300 dollardan qimmatroq qiymatdagi kiyimlar chiqqani aytilmoqda», deyiladi xabarda.