Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ob-havo: Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

9-10 fevral kunlari Samarqandda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi.

9 fevral kuni ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

10 fevralda esa ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Sinoptiklar xabaridan anglanyaptiki, bundan buyog‘iga yurtimizda ko‘klam nafasi ufura boshlaydi. Demak, endi dala ishlariga kirishish, tomorqa yerlarini ertaki ekin ekish uchun tayyorlab qo‘yish zarar qilmaydi.