Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ob-havo: Uch kun yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bugun - 14 mart kuni viloyat hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

15 va 16 mart kunlari ham havo ochiq bo‘ladi, sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 metr sekund tezlikkacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.