Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Obloqul Quvondiqov rahbarligida Markaziy Osiyoda yagona fizik qurilma yaratildi

Samarqand davlat universiteti professori, Pedagogika fanlari xalqaro akademiyasi muxbir a’zosi Obloqul Quvondiqovning 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda olimning ibratli hayot yo‘li, fizika fani rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikrlar bildirildi.

- Obloqul Quvondiqov 1973 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda, - deydi universitet rektori R.Xolmurodov. – Bugun  80 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, olim shijoat va intilish bilan shogirdlariga ta’lim-tarbiya berib, ilmiy maqolalar yozgan holda yangiliklar yaratmoqda. Biz ustozdan hali uzoq yillar yonimizda yurib, ko‘plab shogirdlar tayyorlashiga, fan rivojiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz.

1984 yilda O.Quvondiqov tomonidan SamDUning umumiy fizika kafedrasi tasarrufida magnetizm sohasi bo‘yicha yangi mutaxassislik yo‘nalishi ochildi. 1985 yilda olimning tashabbusi bilan magnit hodisalari fizikasi kafedrasi tashkil etilib, u kishi 30 yil shu kafedraga mudirlik qildi. O.Quvondiqov rahbarligida Markaziy Osiyoda yagona suyuqliklarning magnit xossalarini o‘rganish qurilmasi yaratildi.

Shu kunlarda ustoz tavalludining 80 yillik yubileyi munosabati bilan “Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.

To‘lqin SIDDIQOV.