Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘g‘irlangan avtomashinada YTH sodir etildi

Joriy yilning 28 may kuni soat 02:30 da Namangan tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-modda 2-qismi bilan sudlangan fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan “Moskvich” rusumli avtomashinani yashash xonadonida qarovsiz qoldirilganidan foydalanib olib qochadi. O‘g‘irlikdan xabar topgan hudud profilaktika inspektori zudlik bilan tuman IIB navbatchilik qismiga axborot beradi.

Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari va kinolog xodimlarning xizmat itlari yordamida avtomashina tumandagi “Qoratepa-Guldirov” yo‘nalishidagi zovurdan topildi. Biroq o‘g‘irlik sodir etgan shaxs voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Ashyoviy dalillar yordamida o‘g‘rining shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.