Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari taqdim etildi

📝 Ma’lumki, joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bilan bir vaqtda 2-13-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

📍 Bunda respublika bo‘yicha 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 8 mingdan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi.

Mazkur talabgorlarning test natijalari 2020 yil 16 sentyabr kuni belgilangan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalariga taqdim etildi.

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiya etilmagan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.