Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy Majlis deputati saylovchilarni eshitdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov Samarqand shahri aholisi uchun qabul o‘tkazdi.

Shaharning Zebuniso ko‘chasida istiqomat qiluvchi T.Zommer 2018 yil nafaqaga chiqish jarayonida 1996 yildan 2003 yilgacha tadbirkorlik bilan shug‘ullangan mehnat faoliyati hisobga olinmagani, oqibatda 224 ming so‘m nafaqa puli tayinlanganligi, muammoni hal etishda amaliy ko‘mak so‘radi.

Deputat ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘langach, murojaatchining pensiyasi qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Spitamen shoh ko‘chasida yashovchi tadbirkor M.Kazimova Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi qaroriga asosan oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun kredit olishda yordam kerakligini ta’kidladi.

«Mikrokreditbank»ning Samarqand filiali mutasaddilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida tadbirkorga 66 million so‘m imtiyozli kredit ajratishga kelishildi.

Baxtigul QARSHIYEVA.