Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy ta’lim tizimida eng ko‘p kuzatilayotgan korrupsiya o‘qishga kiritish masalasi bilan bog‘liq

O‘tgan 9 oyda tizimdagi 70 nafar xodim ta’lim jarayoni bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir qilgan. Tizimda eng ko‘p kuzatilayotgan korrupsiya o‘qishga kiritish masalasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Nostrifikatsiya jarayonida korrupsiyaviy omillar tanqid ostiga olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining yordamchisi Sh. sheriklari orqali 4 nafar fuqarodan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilib berish evaziga 6.500 dollar olganda ushlangan.

Ta’lim sifatini nazorat qilishga mas’ul idoraga xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish, ya’ni boshqaruv idorasi funksiyasining berilishi korrupsiyaning oldini olish imkonini cheklashi ta’kidlandi.