Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘n yoshli qiz yiqqan pullarini masjid qurilishi uchun ehson qildi

Ma’lumki, bugungi kunda binolari eskirgan, tor masjidlar yangi imkoniyatlar darajasida, ko‘plab namozxonlarni sig‘dira oladigan holatda yangidan qurilmoqda.

Xalq hashari, qolaversa, ixlosi baland ko‘ngilli insonlarning qish kunlarida ham olib borayotgan mehnati bilan joylarda munavvar masjidlar qad ko‘tarmoqda.

Yaqinda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi o‘n yoshli qizcha Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi qurilayotgan “Dorilamon” jome masjidi uchun o‘zining maxsus idishchasida yig‘ib qo‘ygan barcha pulllarini ehson qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lumot berdi.

Qizaloq maktab va boshqa xarajatlari uchun ota-onasi bergan pullarini yiqqan. Uning ushbu xayrli ishi ko‘plarni hayratga soldi.