Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Onlayn: shu paytgacha viloyat rahbariga 250 ta murojaat bo‘ldi

Shu paytgacha aholi hokim va korxona-tashkilot rahbarlariga yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish singari 448 ta muammo va taklif bilan murojaat qildi. Shundan 250 tasini viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning o‘zi qabul qildi.

Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, muammolarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi. Mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat’iy vazifa va topshiriqlar berdi. Murojaatlarning hal etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilishini alohida ta’kidladi.

– Ko‘p yillardan buyon ko‘zim og‘rib, azob chekardim, – deydi tumandagi Tinchlik mahallasida yashovchi Gavhar Xudoyberdiyeva. – Davolanishim uchun imtiyoz bor-yo‘qligi haqida murojaat qildim va shu yerning o‘zida muammom ijobiy hal etildi. Menga Samarqand viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida davolanishim uchun order beriladigan bo‘ldi.

A.HUSANOV,

Paxtachi tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari.