Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oq libosli qahramonlar

Qiyin kunlarda fidoyilik ko‘rsatayotgan shifokorlarga bag‘ishlanadi

Dunyodan ketkizib huzur-halovat,
Yetti iqlim uzra tarqaldi.
Toj kiygan emish u, tojiga la’nat,
Jangga kirdi elni etib hayronlar,
Oq libosli fidoyi qahramonlar.

Bo‘lgan kabi, ona-Vatan yagona,
Chekinmaymiz bizlar, turib mardona,
Befarqlikdir mutlaq bizdan begona.
Kurashmoqda tinim bilmay har onlar,
Oq libosli fidoyi qahramonlar.

Bobokalon buyuk tabib Sinodir,
Tib ilmida o‘ziga xos donodir.
Aytgan har bir so‘zi dardga davodir,
Fido etib o‘z millatiga jonlar,
Oq libosli fidoyi qahramonlar.

Shafqatsiz dard, shubhasiz, chekinadi,
Bunga xalqning bardoshi ham yetadi.
Bu kunlar ham esdan chiqib ketadi,
O‘tsa hamki har qancha ko‘p zamonlar,
Unutilmas fidoyi qahramonlar.

Taqdirdagi sinovlar ham o‘tajak,
Ozod xalqim maqsadlarga yetajak,
Bo‘y ko‘rsatib kelar nurli kelajak,
Izzat topar shunda bu mehribonlar,
O‘z kasbida fidoyi qahramonlar.

Olim XON.