Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo tumanida ilk bor davlat xususiy-sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi

Oqdaryo tumani Sadriddin Ayniy ko‘chasida tadbirkor G‘ulom Zubaydullayev  tomonidan “Loyish go‘zal bog‘chasi” nomli davlat xususiy-sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ish faoliyatini boshladi. Muassasa 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 3-7 yoshli mahalladagi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z bag‘riga qamrab oladi.

Bolalar bog‘chasining ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va maktabgacha ta’lim muassasalari, mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi. Ushbu davlat xususiy-sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda faoliyati davomiyligiga katta ishonch bildirdilar. Tadbir davomida bolajonlarning kuy-qo‘shiqlari, o‘yin kulgilari tadbirga taklif etilgan mehmonlarga yanada zavq bag‘ishladi.