Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo tumanida quyun uchirgan bino tomi ta’mirlanmoqda

Joriy yilning 16 avgust kuni soat 13:45 larda Oqdaryo tumanining Turon mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi hayot qishlog‘idagi ikki qavatli uylar atrofida kutilmagan tarzda kuchli quyun ko‘tarilgan va natijada uylardan birining tomining shifrini uchirib yuborgan edi. Bu haqda telegram kanalimizda videolavha berilgandi.

Voqea haqida Oqdaryo tuman hokimligiga xabar kelgan zahoti tuman hokimligi mutasaddilari hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari voqea joyiga yetib borib vaziyatni o‘rganishdi va darhol xavfsizlik choralari ko‘rildi. 17 avgustda to‘rtala sektor rahbarlari voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganishdi va mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Hozirgi vaqtda ushbu binoda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tabiiy ofat natijasida hech kimga tan jarohati yetmagan. Bu haqda Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.