Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryoda “moyka”dan gilam o‘g‘irlagan ikki yigit ushlandi

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani IIBga Loyish shaharchasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan O‘.M. ariza bilan murojaat qilgan.

Unda noma’lum shaxs Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasi, Zarafshon ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasidan mijozga tegishli bo‘lgan, yuvish uchun qoldirilgan bir dona bahosi 1.000.000 so‘mlik, 3x5 metr o‘lchamdagi gilamni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxsni topib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Oqdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan O.D. va Oqdaryo tumani, Yangiqo‘rg‘on MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan T.B.lar sodir qilganligi aniqlanib, ulardan bir dona gilam ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.