Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryoda turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tibbiyot vositalari ishlab chiqarilishi mumkin

Ayni kunlarda Oqdaryo tumani hokimi F.Abilov boshchiligida tuman hokimining o‘rinbosarlari, tadbirkorlar va tibbiyot birlashmasi rahbarlaridan iborat delegatsiya Turkiya davlatida bo‘lib turibdi.

7 dekabrda boshlangan tashrifshning dastlabki kunida vakillarimiz Kahramankazan shahri hokimi Serxat Oguz bilan uchrashib, u yerdagi ishlab chiqarish korxonalari rahbarlarini tumanga jalb qilish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

So‘ngra tibbiyot vositalari ishlab chiqaruvchi “Mos Lab”, “ONSORTHO” korxonalari, OSTIM yirik sanoat zonasida ishlab chiarish jarayonlari hamda “INNAMED RD GLOBAL Research & Development” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida F.Abilov Anqara shahar hokimi bilan ham uchrashib, Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Oqdaryolik mutasaddilarning Turkiyadagi muzokaralari davom etmoqda.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.