Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Orzigul Toshqulova O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashi ko‘magida 30 mln so‘m kredit olib tadbirkorlikni boshladi

Orzigul Toshqulova kollejda o‘qib yurgan kezlari sartaroshlikni ham puxta o‘rgangan edi. Institutga bir necha bor hujjat topshirib, omadi chopmagach, Jomboydagi ayollar go‘zallik salonlarida ishchi-sartarosh vazifasida qator yillar faoliyat ko‘rsatdi. Ammo topgan puli yeyish-ichish, keyim-kechakdan ortmagach, mustaqil tadbirkor bo‘lishga qaror qildi va u joriy yilning mart oyida kredit olishda  O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashidan ko‘mak so‘radi.

-  Orzigul partiyaga kelganida unga bugungi kunda “Har bir oila tadbirkor”, ”Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ammo u bilan yaqindan suhbatlashilgach, og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolganligi inobatga olinib, xotin-qizlar yo‘nalishida ajratilayotgan kridetlarga yo‘naltirdik va hujjatlar tayyorlashda yaqindan yordam berdik, - deydi O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Zebo Yusupova.

Orzigul Toshqulova O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashi ko‘magida olgan 30 million so‘mlik kredit mablag‘iga tumanida go‘zallik saloni ochdi.

- Men partiyaga, xususan, O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Zebo opa Yusupovaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. U kishi mening kredit olib faoliyat boshlashimda yordamlarini ayamadi, - deydi O.Toshqulova.

Orzigul Toshqulova qator yillardan buyon ushalmay yurgan orzusini amalga oshirishda ko‘mak bergani uchun hayotini O’zLiDeP bilan bog‘lash niyatida. U partiyaga a’zo bo‘lish uchun hujjat topshirgan.

Baxtigul Qarshiyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.