Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Ovozi Samarqand”ning kecha va buguni

“Ovozi Samarqand” gazetasining “Ovozi Samarqand: diro‘z va imro‘z” (Ovozi Samarqand: kecha va bugun) risolasi Toshkent shahridagi “VNESHINVESTPROM” nashriyotida nashrdan chiqdi.
Tahririyat jamoasi yaqinda gazetaning 30 yilligini nishonlagan edi. Mazkur kitobda gazeta yaratilishi tarixi, unda ishlagan jurnalistlar, tahririyatning bugungi kuni haqida yozilgan.
Kitobda “Ovozi Samarqand” gazetasiga zahmatli mehnatlari singgan Nor Ostonzoda, G‘ofurjon Mahmudov, Xursand Jumayev, Hazrat Sabohiy, Adash Istad, Ozodjon Xidirov, Shavkat Bahromov, Toshqul Azimov, Zohir Hasanzoda, Baxtiyor Jumayev, Gulchehra Halimova, Bahodir Rahmonov singari qator jurnalistlar haqida ma’lumot va ularning maqolalari keltirilgan.
Kitob sahifalarida gazeta bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotgan taniqli olimlar, yozuvchilar, tajribali o‘qituvchilar va turli kasb egalarining dil so‘zlari chop etilgan.
Gazeta muxbirlari erishgan yutuqlar, tahririyatning bugungi ijodiy jamoasi haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Husan ELTOYeV.