Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oxirgi sutkada dunyoda 500 ming nafardan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 101 million 561 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan, 2 million 196 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 500 985 yangi holati aniqlandi, 13 915 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra esa dunyoda kasallikni 102 million 548 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 219 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 25,512 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,733 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (9,058 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (3,832 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (3,743 milliondan ortiq).

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.