Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘z uyimizni o‘zimiz obod qilamiz

Samarqand shahridagi "Mamat Ilhom" xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati shaharning Ilg‘or mahallasidagi 9 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi. Bu uylarda 482 oila istiqomat qiladi.

Uylarning tom, yerto‘la, yo‘laklar kismi kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlandi. Shu bois bu ko‘p qavatli uylarda muammo kuzatilmadi.

Ayni kunlarda esa shirkat ishchilari va shu yerda yashovchi aholi hududda ko‘klamgi obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordi. Xususan, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi 9, 11, 17-uylar atrofi, piyodalar yo‘laklari hamda ushbu ko‘cha yonidan oqib o‘tuvchi beton ariqlar tozalandi.

Ra’no Badalova,

Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i.