Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ozarbayjon armiyasi Kelbajar tumaniga kirib keldi

Ozarbayjon armiyasi Armaniston harbiylari tark etgan Kelbajar tumaniga kirib keldi. Bu haqda 25 noyabr kuni Ozarbayjon mudofaa vazirligi saytida ma’lum qilindi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

24 noyabr kuni Qorabog‘ning Kelbajar tumanida joylashgan Armaniston harbiy qismlari, kazarma va harbiy binolarni portlatib, kelishuvga binoan Ozarbayjon nazoratiga o‘tishi kerak bo‘lgan hududni tark etishdi.

“Biz butun urush davomida bu yerni ularga bermadik. Ayni vaqtda to‘g‘ri parallel bo‘yicha Ozarbayjon harbiy bo‘linmalarigacha 12 kilometr masofa bor. Biz tog‘dagi old kuzatuv postlarimizni tark etmoqdamiz va ozarbayjonliklarga hech narsa qoldirmaslik uchun harbiy qismning qolgan binolarini portlatamiz. Undan keyin biz Armanistonga qaytamiz. Ayni vaqtda bizning bo‘linmamiz eng so‘nggi bo‘linmalardan biri”, dedi Armaniston qo‘mondonlik vakillaridan biri, 24 noyabr kuni hududni tark etishdan oldin jurnalistlarga.