Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston fuqarosi Kiyevda yonidagi bombani portlatish bilan tahdid qilmoqda

Ukraina IIV o‘rinbosari Anton Gerashenko bergan xabarga ko‘ra, 3 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da (14:00 Toshkent vaqti) Kiyevdagi Biznes markazlardan birida joylashgan AJ "Universal Bank" xodimlaridan biri, bino ichiga 35 yoshlar atrofidagi noma’lum erkak kirib yonida bomba borligini va politsiya chaqirishini so‘raganligini ma’lum qilgan. Erkak unga efirga chiqishiga imkoniyat yaratib berilishini talab qilayotganligi aytilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, erkak O‘zbekiston fuqarosi.
U yonidagi bombani portlatish bilan xavf solmoqda.