Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 16-qavatdan tushib ketib halok bo‘ldi

Sankt-Peterburg shahri Primore tumanida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan ob’yektning 16-qavatidan tushib ketgan. Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda vatandoshimizning jasadini yurtga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoliy-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.