Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Prezidenti “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etdi

Gandinagar, 18 yanvar. 

O‘zA maxsus muxbiri Umar Asrorov xabar qiladi.

Hindistonning Gandinagar shahri “Mahatma Mandir” ko‘rgazmalar majmuasida «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammiti bo‘lib o‘tdi.

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Koreya Respublikasi, Daniya, Chexiya, Malta, Tailand, BAA kabi mamlakatlardan davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar boshliqlari, ekspertlar ishtirok etdi.

Yirik iqtisodiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Gujarat shtati qadimdan savdo va tadbirkorlikda yetakchi hudud bo‘lib kelgani, mazkur sammit ana shu an’analarni davom ettirib, zamonaviy Hindistonning biznes ruhini namoyon qilayotganini ta’kidladi.

O‘zA.