Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi qabul e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Samarqand shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga navbatdagi o‘quvchilar qabul qilinadi.

Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:

1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha muxassislar).

2. Payvandlash ishlari mexanik texnigi (payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari).

3. Elektron texnikalarini montaj qilish va sozlash texnigi (elektron va maishiy texnikalarni ta’mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari).

4. Kompyuter injiniringi texnigi (Axborot texnologiyalari) (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash).

5. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish (Texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari, avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori).

6. Kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi (Kompyuter grafikasi dizayneri, multimediya tizimlari texnigi).

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Markazda o‘qiyotgan talabalarga 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya beriladi.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 15 avgustgacha qabul qilinadi. Hujjatlarni BKM tomonidan bestdoc.mehnat.uz orqali yoki quyidagi manzil orqali https://bit.ly/qabul2020 yuborishingiz mumkin. Hujjatlarning asli o‘qishga qabul qilinganlardan markazda qabul qilinadi.

Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Ariza.
2. Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi)..
3. Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (attestat yoki diplom).
4. Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazi tomonidan berilgan yo‘llanma.
5. Ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi.

6. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasi, 264-a uy
Murojaat uchun telefonlar: (99866) 221-73-62, +99891 520 70 36, +99890 251 41 45
bestdoc.mehnat.uz: Samarqand KOICA markazi
Web sayt: www.samarkand-vtc.uz
Telegram: @samarkandvtc
Facebook: @samarkandvtc
Ye-mail: sam-koica@mail.ru
Qabul to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni Markaz veb-saytidan olishingiz mumkin.