Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi kubogi ikkinchi bosqichi Samarqandda start oladi

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, huquqni muhofaza qilish tizimida, shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarda xizmatchilar, ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish maqsadida sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

DXX tizimida ham bu borada e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Soha xodimlari o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish an’anaga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati raisining kubogi uchun soha xodimlari uchun sportning futbol, voleybol, basketbol, suzish, yengil atletika, stol tennisi, merganlik va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Shu paytgacha joylarda musobaqaning birinchi - viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

DXX xodimlari o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, sportni ommalashtirish hamda iqtidorli xizmatchilarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqaning basketbol, suzish hamda yengil atletika bo‘yicha ikkinchi - hududiy bosqichi joriy yilning 6, 7 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Futbol, stol tennisi hamda shaxmat bellashuvlariga Jizzax viloyati mezbonlik qilsa, Sirdaryo viloyatida voleybol va o‘q otish bo‘yicha musobaqalar bo‘ladi.

Mazkur bosqichda faol ishtirok etgan xodimlar rag‘batlantirilib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. G‘oliblar esa musobaqaning yakuniy – mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.