Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining QARORI

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi A.Jo‘rayevning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi QAROR QILADI:

  1. Abdumo‘min Sunnatovich Jo‘rayevning xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
  2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati va Payariq tumani Kengashlariga yuborilsin.
  3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.


Markaziy saylov komissiyasi

Raisi                                                                                   M.Abdusalomov


Toshkent shahri,

2019 yil 18 yanvar.