Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston sanoati uchun yangi investorlar kirib kelmoqda

"Eczacıbaşı" kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshiradi. Bu 2019 yil 1 aprel kuni "Eczacıbaşı" kompaniyasi prezidenti Atalay Gyumrahning Toshkentga tashrifi chog‘ida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdullayev bilan uchrashuvida kelishuvga erishilgan. Bu haqda O‘zbek-Turk savdo uyi xabar bermoqda. 

Hamkorlik doirasida tog‘-kon, quyosh energetikasi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarining amalga oshirish imkoniyatlari, Turkiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar jalb etishga ham kelishildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari bir nechta vazirlik, qo‘mita va agentliklarda bo‘lish, Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi va viloyatimizga tashrifi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: "Eczacıbaşı" konserni dunyoning turli davlatlarida 42 kompaniyadan tashkil topgan va Turkiyadagi bo‘lim eng yiriklaridan hisoblanib, umumiy qiymati 3,1 milliard dollarni tashkil etadi va unda 12,5 ming nafar xodim mehnat qiladi.