Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari uchun viza jarayonlari soddalashtirildi

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ishbilarmon doira vakillari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.

 Bitimga ko‘ra, har bir tomon 5 ish kuni ichida muddati 6 oygacha bo‘lgan ko‘p martalik ishbilarmonlik vizasi berishga majburdirlar.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan.