Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi yoshlarga murojaat qildi

Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlarga o‘tkaziladigan saylov munosabati bilan qabul qilingan murojaatda bu yilgi saylovda (mamlakat miqyosida) qatnashadigan saylovchilarning 55,2 foizi, ya’ni 11 million 371 ming nafardan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, jumladan, 2 million nafarga yaqinini saylovda birinchi marta ishtirok etuvchilar tashkil etishi inobatga olinib, yoshlar ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chaqirilgan.

Murojaatda yangi qabul qilingan Saylov kodeksining avvalgi saylov qonunchiligidan farqli tomonlariga ham e’tibor qaratilgan.