Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda 15 iyundan karantin to‘liq tugaydimi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

"15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?", degan savolga mutaxassis quyidagicha javob berdi:

— Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi — koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi.

Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi.