Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 3700 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 63 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2016 yil tug‘ilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 48 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 46 nafar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 38 yoshda, kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Surxondaryo viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidan 1 nafardan.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3700 nafarga yetdi.