Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalariga insonparvarlik yordami ko‘rsatildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi. Bu haqda IIV JIEBB axborot xizmati xabar berdi.

Insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy giginena xamda antibakterial vositalarni jamlagan bo‘lib, uning umumiy qiymati 180 million so‘mdan ortiqdir.

Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkuma ayollarning koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan maxsus kontingent uchun, shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.

O‘z navbatida, IIV JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida «SOVID-19» infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Djon MakGregorga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.