Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistondan ko‘chib ketgan fuqarolarga pensiya qay tartibda to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash uning arizasi va «Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi» belgisi bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘xtatilishi mumkin.
Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib, fuqaro jo‘nab ketishidan 6 oy avval milliy valyutada to‘lanadi.