Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonga Volgabo‘yidan sovuq havo oqimi kelmoqda. Ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin

7-9 aprelda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi. Bu haqda o‘zgidromet xabar qildi.

7-9 aprelda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Kechasi va 9 aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

7-8 aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

Havo harorati 7 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9 aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.