Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zini portlatmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Avval xabar berganimizdek, noma’lum erkak yonidagi bombani portlatish bilan tahdid qilgan va uni teleefirga chiqarishlarini talab qilgan.

Oradan bir muddat vaqt o‘tganidan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosi Suxrob Karimov o‘tkazilgan maxsus tadbir natijasida, Ukraina huquqni muhofaza qilish maxsus bo‘linmasi tomonidan hibsga olinganligi tug‘risida xabar berildi.

“Terrorchi tiriklayin qo‘lga olindi. Portlash sodir bo‘lmadi. Voqea joyida portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Bu yog‘i sud va uzoq muddatli qamoq jazosi”, - deb yozdi Ukraina IIV o‘rinbosari Anton Gerashenko o‘zining Facebook sahifasida.

Jinoyatchi bank ichida intervyu berayotgan bir vaqtda, bino ichiga maxsus xizmat xodimlari bostirib kirgan va uni hibsga olgan. Voqea “ZIK” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgan.