Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zLiDeP faollari mahallalar muammosini o‘rganmoqda

Samarqand viloyati aholisi muammolarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlar va partiya faollaridan iborat ishchi guruhi ish boshladi.

Faoliyatini Urgut tumanidan boshlagan ishchi guruh Jayratepa mahalla fuqarolar yig‘inida uzoq yillardan beri hal etilmay kelinayotgan yangi suv nasosi qurilishi, Urgutning qo‘shni Tojikistonning Panjakent tumani bilan bog‘lab turuvchi 30 kilometr yo‘lni, hududdagi transformatorlarni ta’mirlash ishlariga yordam beradigan b´lishdi.

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasasini ochishga qaratilgan loyihalar bilan tanishib, tibbiy loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Baxtigul QARSHIYEVA.