Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pandemiya davrida 7017 aksiyadorga 11,1 milliard so‘mdan ortiq divident hisoblandi

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va aksiyadorlik jamiyatlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida qabul qilingan huquqiy hujjatlarga asosan aksiyadorlarning 2019 yil yakuni bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishlari 1 iyuldan 2020 yilning 1 oktyabrga o‘tkazildi.

2020 yilning o‘tgan davrida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi 7 ta aksiyadorlik jamiyati tomonidan korporativ axborot yagona portali - www.openinfo.uz orqali aksiyadorlarning 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Hozirgacha aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 7017 nafar aksiyadorga 7 ta aksiyadorlik jamiyati ustav jamg‘armasiga chiqarilgan aksiyalariga 11 milliard 102 million 928 ming so‘m miqdorida dividend hisoblandi.

Jumladan,  "Jomboydon mahsulotlari" AJ 980 aksiyadorga - 2,7 milliard so‘m, "Oqtoshdon" AJ 419 aksiyadorga - 2,3 milliard so‘m, "Samarqanddonmahsulotlari" AJ 888 aksiyadorga -  3,4 milliard so‘m hamda "Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy" AJ 1522 aksiyadorga - 1,6 milliard so‘m miqdorida dividend hisoblandi.

Koronavirus pandemiyasi davrida hozirgacha viloyat bo‘yicha 7017 nafar aksiyadorga qimmatli qog‘ozlar bozorida 11 milliard 102 million 928 ming so‘m dividend to‘lovlari hisoblandi.

Norboy JO‘LMATOV,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i.