Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pandemiya davrida qo‘shimcha manbalardan ajratilgan 21,9 milliard so‘m mablag‘ nimalarga sarflangan?

Pandemiya davrida Samarqand viloyatida qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan 21 milliard 907 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Jumladan,

- dori-darmon zaxirasini yaratishga 5 milliard 675 million so‘m;

- 108 ta “Damas” avtomashinasi xaridi uchun 8 milliard 589,2 million so‘m;

- 10 ta “Volkswagen Caddy” tez yordam avtomashinasi sotib olish uchun 3 milliard 520 million so‘m;

- 2 ta “ISUZU” (avtofurgon) maxsus avtomashinasi xaridi uchun 700 million so‘m;

- 5 dona zamonaviy Rentgen apparati uchun 2 milliard 290 million so‘m;

- tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 1 milliard 132,8 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, pandemiya davrida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida, tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda yer, mulk va suvdan foydalanish uchun soliq to‘lovlari muddatini kechiktirish maqsadida imtiyozlar berish bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashiga xulosalar kiritildi va Kengash tomonidan 193 ta soliq to‘lovchiga yer, mulk va suvdan foydalanishdan aprel-sentyabr oylari uchun 6,9 milliard so‘m imtiyoz berildi.

Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.