Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pandemiya sabab Qirg‘izistonda qolib ketgan o‘zbek faqarolari jarimaga tortiladimi?

— Biz Qirg‘izistonda qolib ketdik, propiskamiz muddati o‘tib ketgan. Ertadan bu davlatda qolganlarni jarima kilishar ekan. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasiga murojaat qildim. Lekin menga propiska bo‘yicha javob bera olmasligini aytdi. Nima qilsam bo‘ladi?

AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati javob berdi:

— Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining 5 may kuni tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mamlakatdagi chet el fuqarolari chiqish vizasini va yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turishni rasmiylashtirmasdan 1 iyunga qadar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketishlari mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish va uni uzaytirish masalasida Qirg‘iziston hukumati huzuridagi Davlat ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekistonning Bishkek shahridagi Elchixonasi bilan +996312986296 telefon raqami yoki +996555700145 “Telegram” raqami orqali bog‘lanish mumkin.