Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘om, Jomboy va Urgut tumanlarida Uzmobile mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi

Uzmobile filiali Samarqand viloyat hududiy bog‘lamasi tomonidan joriy yilning 20-26 avgust kunlari viloyatimizning Past Darg‘om tumani Ilm MFY Ilm qishlog‘ida, Beshbola MFYda, Jomboy tumani Jurriyat QFY Nush MFYda, Urgut tumani Buloqboshi QFY G‘ijduvon MFYda hamda Jomboy tumani Olmazor QFY Olmazor MFY Yettio‘g‘il qishlog‘ida tayanch mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu tayanch baza stansiyalarining o‘rnatilishi ushbu hududlarda mobil aloqa qamrovi va sifatining oshishiga hamda aholining sifatli mobil aloqadan foydalanishlariga zamin yaratadi.