Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda 128,5 tonna suyultirilgan gaz rejaga nisbatan kam yetkazib berilayotganiga izoh berildi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Zarnews.uz saytida “Samarqandda aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz rejaga nisbatan kam yetkazib berilgan” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda viloyatdagi ayrim tumanlarda aholi yetarlicha suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmayotganligi keltirib o‘tilgan.

Ushbu tumanlar orasida Past Darg‘om tumani ham borligi, xususan, tuman aholisiga 128,5 tonna suyultirilgan gaz rejaga nisbatan kam yetkazib berilgani qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatda aholiga rejaga nisbatan 128,5 tonna suyutirilgan gaz kam yetkazib berilgan. Bunga tumanda gaz ballonlarini tashuvchi avtomashinalar yetishmovchiligi, shuningdek, ba’zi holatlarda gaz to‘ldirish shoxobchalariga o‘z vaqtida suyultirilgan gaz yetib kelmasligi sabab bo‘lgan.

Hozirda muammoni bartaraf etish uchun “Hududgaz Samarqand” mas’uliyati cheklangan jamiyatining suyultirilgan gaz bo‘limiga “Pastdarg‘omtumangaz” filiali tomonidan qo‘shimcha maishiy gaz ballonlarni tashuvchi «Isuzi» avtomashinalari ajratilishi to‘g‘risida murojaat qilindi. Qolaversa, qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.