Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyat boshladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi hamda Past Darg‘om tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi» o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu yerda tuman yoshlarini raqamli va zamonaviy kompyuter texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash, robototexnika asoslarini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkillashtirish va o‘qitish ko‘zda tutilgan.

- Bugun jamiyat taraqqiyotini axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, - deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev. - Tabiiyki, soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini ham davr talabiga hamqadam tarzda takomillashtirib borish vazifasi qo‘yilmoqda. Barcha jabhalarda raqamli texnologiyalar jadal tatbiq etilayotgan bugungi kunda bu masalada faqat oliy va maxsus o‘quv yurtlariga suyanib qolmasdan, mutaxassislar tayyorlashning intensiv, innovatsion usullaridan ham keng foydalanish taqozo etilmoqda.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.