Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pastdarg‘omlik fuqaro o‘q otar qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirdi

Past Darg‘om tumani Durmonsoy MFYda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Yu. yashash uyining yerto‘lasini tartibga keltirayotgan vaqtida, marhum bobosi O‘.O.ga tegishli bo‘lgan “TOZ-8” rusumli, 5,6 kalibrli, 1 stvolli, 1964 yilda ishlab chikarilgan o‘q otar qurolini topib oladi.

Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida fuqaro O.Yu. mazkur o‘q otar qurolni o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar xodimlariga topshirdi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarimizdan bu boradagi ishlarda jonbozlik ko‘rsatishlarini so‘raydi.