Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachi tumani g‘allakorlari 18 ming tonnadan ortiq don topshirishdi

Paxtachi tumani g‘allakorlari davlatga g‘alla sotish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajarib, ulkan zafarlarga erishdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Paxtachilik tajribali bobo dehqonlar 2019 yil hosili uchun 6254 gektar sug‘oriladigan maydonda tumanning tuproq va iqlim sharoitiga mos keladigan bug‘doyning ertapishar, serhosil navlarini ekib, rejadagi 18 ming 480 tonna o‘rniga 18 ming 507 tonna don topshirishdi. Hali 40 foizdan ortiq o‘rilmagan g‘alla maydonlari mavjud bo‘lib, g‘alla o‘rim ishlari davom etmoqda.