Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida 30 iyundan 7 iyulgacha karantin cheklovlari kuchaytirildi

Paxtachi tumaniga chegaradosh bo‘lgan Navoiy viloyati hamda Narpay tumanlarida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, tuman aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida joriy yilning 30 iyun sanasidan 7 iyul sanasiga qadar karantin holati e’lon qilindi:

- karantin davrida aholini, shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarini (davlat idoralarining xizmat mashinalari bundan mustasno) tuman hududiga barcha chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi belgilangan tartibda to‘xtatish;

- tuman hududida barcha bozorlar (oziq-ovqat va ko‘chma savdo do‘konlari bundan mustasno), ko‘ngilochar ob’yektlar, shu jumladan, tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari hamda maishiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati o‘rnatilgan tartibda to‘xtatish;

- tuman hududida barcha turdagi ommaviy tadbirlar, shu jumladan, bayram tadbirlari va sport musobaqalari, shuningdek, teatr, kino va konsert dasturlari hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) to‘xtatish;

- belgilangan tartibda maktabdan tashqari va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda barcha nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini to‘xtatish;

- koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishni imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkazish choralarini ko‘rish lozim.

Idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shartligi yuzasidan belgilangan tartibga qat’iy amal qilsinlar:

- tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;

- ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l quymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;

- davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;

- xodimlarga izolyasiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish talablari qo‘yildi.