Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida qo‘y va echkilarni o‘g‘rilagan 21 yoshli yigit ushlandi

Kecha, 21 sentyabr kuni Paxtachi tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Yu. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 5 sentyabr kuni soat 13:00 larda Paxtachi tumani Qaynarbuloq mahallasi hududida joylashgan qo‘yxonasiga noma’lum shaxslar devor oshish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bozor narxi 6.500.000 so‘mlik 3 bosh qo‘y va 4 bosh echkilarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Paxtachi tumani Qaynarbuloq mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan J.B. sodir qilganligi aniqlanib, undan 2 bosh echkilar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.