Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariq tumanida maktab o‘quvchilari uchun piyodalar yo‘lakchasi qurildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni @yurtimizda telegram kanalida “Payariq tuman hokimligi mutasaddilari uyqudan uyg‘oning!” nomli tanqidiy maqola chop etilgan edi.

Ushbu maqolada Payariq tumanidagi Fidokor hamda Bahrin mahallalari fuqarolari mahalla hududidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yonida piyodalar yo‘lagi qurilishi joriy yilning mart oyida boshlangani, biroq ushbu qurilish ishlari hanuzgacha yakuniga yetkazilmaganligidan norozi bo‘lingan murojaat ko‘rsatilgan edi.

Bugungi kunda o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mahalla hududidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yonidan 0,6 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ishlari yakuniga yetkazilib foydalanishga topshirildi.

Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi.