Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda 49, Qo‘shrabotda 5 nafar fuqaro karantinda saqlanmoqda

Kecha, 5 iyul holatiga viloyat bo‘yicha 2 ta yo‘lovchi tashuvchi avtobus, 421 taksi, 179 “Damas”, 775 xususiy avtomashina, 777 yuk mashinasi, 11 ta ma’muriy bino, 20 ta bozor, 52 ta oziq-ovqat ob’yekti, 46 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 14 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, 10 ta dorixona, 14 ta shifoxona, shuningdek, 424 ikkilamchi ob’yektlarda zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Samarqand tumanidagi salomatlikni tiklash shifoxonasidan 21 nafar, Bulung‘ur tumanidan (tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida) 3 nafar, Urgut tumanidan 2 nafar, Payariq tumanidan 1 nafar, Qo‘shrabot tumanidan 2 nafar fuqaro uy karantiniga olindi.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 74, Kattaqo‘rg‘on shahridagi reabilitatsiya markazida 4, Urgutda (tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida) 5, Toyloqda 3, Samarqand tumanida 7, Paxtachida 12, Past Darg‘omda 2, Payariqda 49, Qo‘shrabotda 5, Narpayda 18, Oqdaryoda 22 nafar, Samarqand tumanidagi salomatlikni tiklash shifoxonasida 68, XOSPES markazida 73 nafar fuqarolar umumiy karantin holatida saqlanmoqda.

5 iyulga qadar viloyatning 476 nafar fuqarosida Covid-19 tashxisi rasmiy tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda ularning 74 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida davolanmoqda.

Bugungi kunda viloyatda jami 3066 nafar fuqaro (2714 nafari uy sharoitida, 352 nafari davolash-profilaktika muassasalarida) karantin holatida saqlanmoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan kun davomida 401 (jami 54730) ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Samarqand viloyati koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo shtabi.